"Bokiralik yuki" nomli filmi xususidagi
Muhtaram Shayx xazratlari! Yaqinda O‘zbekiston televideniyasi orqali jurnalist Umida Ahmedova va uning turmush o‘rtog‘i Oleg Karpovlarning "Bokiralik yuki" nomli filmi xususidagi muhokamaning guvohi bo‘ldim. Bu mohokama meni www.islom.uz saytining savol-javob bo‘limiga a’zo bo‘lib (anchadan beri niyat qilib yurar edim), boshqa ko‘p savollarimdan oldin, Sizga ushbu mavzuda murojaat qilishimga sabab bo‘ldi. Ushbu o‘zbek xalqining milliy-diniy qadriyatlarini kamsitishga qaratilgan film Shveytsariya elchixonasi buyurtmasiga ko‘ra yaratilganligi aytib o‘tildi. Ushbu xatti-xarakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad nima, bu bilan ular bizning diniy va milliy qadriyatlarimizni tahqirlamayaptilarmi? Shu haqida tushuncha bersangiz, iltimos. Xato, kamchiliklarim uchun oldindan uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ushbu savolingiz uchun tashakkur. Chunki bu savol ko‘pdan beri aytmoqchi bo‘lib yurgan gapni aytishga sabab bo‘ldi. Ijozatingiz bilan men masalaning diniy tarafiga asosiy e’tiborni qaratmoqchiman. Islom dushmanlari bu ilohiy dinga va musulmonlarga qarshi olib borayotgan turli hiyla nayranglar hozirda ko‘pchilikka sir bo‘lmay qoldi. Qonli urushlar, kuch ishlatishlar, turli qamallar, ikkiyoqlama o‘lchovlar ham barchaga ma’lum.Jumladan, bu sohada inson huquqlari, san’at, shaxsiy hurriyat kabi shiorlar ham ishga solinmoqda. Bunga sevikli payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom haqlaridagi masxara rasmlar yorqin misoldir. O‘sha rasmlarni chizganlar va tarqatganlar inson huquqi himoyachilari, shaxs va so‘z erkinligi vakillari hisoblanadilar. Ularga qarshi chiqqan butun boshli bir millat shaxs va so‘z erkinligini bilmaydigan johil, o‘rta asrlardan qolgan savodsizlar sifatida qoralanadilar.Islom va musulmonlarga qarshi, dinimizni qoralash va uning ta’lmotlarini buzish uchun olib borilayotgan faoliyatning makkarona uslublaridan biri musulmonlar ichidan dinimizga qarshi kishilarni topib, o‘shalar orqali ish yuritishdir. Munosib nomzod topiladi. U munosib “homiylar” yordamida bir “ish” qiladi. Musulmonlar unga qarshi chiqadi. “Homiylar” o‘z nomzodlarini himoya qilishadi. Uni qahramonga aylantirishadi. Unga qarshi bo‘lganlarni savodsizlik, johillik, ortda qolganlik va boshqa ayblar bilan qoralanadi. Buning misollari ko‘p.Salmon Rushdiyni olaylik. U kitob yozdi. Islom, Qur’on, Payg‘ambar alayhissalom, U zotning jufti halollariga tuhmat qildi. Musulmonlar qarshi turdi. Salmonning “homiylar”ni uni qahramon deb e’lon qildilar. Tuhmatni adabiy asar deb baholadilar va turli tuman mukofotlar bilan taqdirladilar. Hozirgacha himoyasini qilib kelmoqdalar. Ammo o‘sha “buyuk yozuvchi” boshqa asar yozmayapti.Bangaladeshdan chiqqan Tasnima Nisrin ham xuddi shunday bo‘ldi. Uni qahramonga aylantirishadi. Unga qarshi bo‘lganlarni savodsizlik, johillik, orta qolganlik va boshqa ayblar bilan qoralandi.Bir – ikki yil avval g‘arbda yashab yurgan misrlik bir ayolni topib, juma namoziga imomlik qildirildi. O‘sha “namoz” paytida “homiylar”i uni qurolli qo‘riqchilar bilan qo‘riqlab turdilar. U ham qahramon bo‘ldi. Unga qarshi bo‘lganlar savodsizlik, johillik, orta qolganlik va boshqa ayblar bilan qoralandi.Bu kabi fitnalardan ko‘zlagan maqsadlardan biri musulmonlarni o‘z qadriyatlaridan uzoqlashtirishdir. So‘ngra dinlaridan va qadryatlaridan uzoqlashgan musulmonlarni o‘z ortlaridan ergashtirishdir. Bugungi kunda islomga va uning qadryatlariga qarshi ish olib borayotganlarning ba’zi qadryatlari esa, kurakda turmaydi. O‘sha “qadryatlar”dan biri “Bir jinsli nikoh” deb nomlanadi. Bu “nikoh” nimaligini hamma bildi. Musulmonlar va barcha sof tabiatli insoniyat o‘zi uchun or - nomus, uyat – ayb deb biladigan hamda nisoniyat yaratilganidan buyon barcha dinlarda qoralanib kelayotgan narsani inson huquqlari, taraqqiyot, hurriyat kabi ezguliklarga bog‘landi. Bunga qarshi bo‘lganlar, inson haqlarini poymol qilish, savodsizlik, johillik, orta qolganlik va boshqa ayblar bilan qoralandi. Mutaxassislarning aytishicha, erkaklarni “Bir jinsli nikoh”ga olib boradigan omil ayollarga qiziqish qolmasligidir. Zinokorlik tarqalgan va ayol iffati qolmagan erlarda shu narsa ko‘p tarqalar ekan. Ular musulmonlarni ham o‘zlariga o‘xshatmoqchilar.Shuning uchun ham, biz musulmonlarning qizlik va ayollik iffati haqidagi muqaddas ta’limotlarimiz boshqalar tarafidan qoralanadi. Bunga qarshi turli choralarni qo‘llashga o‘tadilar. Aynan, “Bokiralik yuki” masalasi bo‘yicha ish olib borilayotganiga ancha bo‘lgan.O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshida, nufuzli xalqaro tashkilotning qaroriga binoan Qohirada aholi muammolariga bag‘ishlangan umumjahon yig‘ini chaqirishga qaror qilindi. Shu munosabat bilan dunyodagi eng nufuzli Islom tashkilotlaridan biri Islom Olami Robitasi ta’sis hay’atining favqulotdagi majilisi bo‘ldi. Boshqa a’zolar qatori menga ham taklifnoma bilan bir qatorda katta hajmdagi hujjatlar keldi. Ular Qohiradagi anjumanning rejalari edi. Hujjatlar avvalidan oxirigacha Islom va musulmonlarga zid edi. Ularda jinsiy buzuqlarning ko‘chalarda o‘tkazadigan namoyishlaridan tortib, qiz va ayollarni jinsiy erkinligiga qarshi turadiganlarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha rejalar bor edi. Majlisimiz a’zolari Islom davlatlari rahbarlariga, musulmonlarga bayonot bilan murojaat qildilar. Yig‘inning asosiy notiqlaridan biri bo‘lmish Benazir Buxutto xonimga alohida murojaat qilib, o‘z nutqida dinimiz ta’limotlari va qiz hamda ayollarimizning iffati, or-nomusi masalasini qattiq himoya qilishni iltimos qildik. Bizning murojaatimizga hamma ijobiy munosabat ko‘rsatdi. Alloh rahmat qilsin, Benazir Buxutto xonim ajoyib chiqish qilib, yovuz reja egalarini sharmanda qildi va o‘z dini va dindoshlarini sharafladi.“Bokiralik yuki” masalasi bo‘yicha katta sharmandaliklardan yana biri o‘tgan yili bo‘lib o‘tdi. Muslimalarning bokiralik qadryatlaridan tinchi buzilayotgan fitnachilar ba’zi musulmon va arab davlatlari bozorlariga “sun’iy bokiralik pardasi”ni savdoga chiqarishga harakat qildilar. Ularning rejasi bo‘yicha qizlar “Bokiralik yuki”ni esga ham olmay zino qilib yurishaveradi. To‘y kuni bozordan orzon bohoga “sun’iy bokiralik pardasi”ni sotib olsa, kuyovni aldash oson ko‘chadi.Har doimdagidek, musulmonlar bu nobakorlikka qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Ulamolar masalaning xatarini odamlarga bayon qildilar. Azhari sharif va boshva diniy muassasalar fatvo va bayonotlar chiqardilar. Shu tariyqa fitnachilarning yana bir fitnasi chippakka chiqdi.Mana endi, “Bokiralik yuki” bizga ham etib kelibdi. Bu safar kino san’ati orqali kelibdi. Bu “san’at durdonasi”ga yana g‘arbdan “homiy” topilibdi. Homiy Shveytsariya elchixonasi ekan. Ha, o‘sha hammaga tanish Shveytsariya. Kecha yaqinda masjid me’zanalarini taqiqlagan, musulmonlar qolib, g‘arb davlatlarining ham tanqidga uchragan, islomiy belgilarni ko‘rishga ham toqati yo‘q Shveytsariya. Ikki qismdan iborat bu filmni ko‘rgan odam uni nima uchun suratga olinganini darhol payqab olishi qiyin emas. Film mualliflari o‘z ishlari bilan musulmonlar vakili bo‘lmish o‘zbek xalqining urf odati, oila tizimi va dinu diyonatini masxara qilishdan boshqa narsani ko‘zlamagani aniq. Filmda imomning ishtirokini mualliflarning qallobligi desak xato qilmaymiz. Birinchidan, imom juda qisqa gapirgan bo‘lib, u tomoshabinlarda turli toifadagi odamlar fikr bildirganligini ko‘rsatish maqsadidagina suratga olingan. Ikkinchidan, imom faqatgina oila mavzusida gapirgan va film mavzusi xususida biror og‘iz so‘z aytmagan.Bugungi kunda qizlarning bokiraligi, sharmi-hayosi, or-nomusiga doir diniy ta’lmotlar va udumlar amalda qo‘llanilmoqda. Buning nimasi yomon. Juda ko‘p oilalar nikoh kechasidagi holatlarni shifokorlar maslahatlari, kattalar, yangalarning o‘g‘itlari asosida to‘g‘ri tushunib kelmoqdalar.Film mualliflari o‘z ishlari bilan o‘zbek xalqining urf odati, oila tizimi va dinu diyonatini masxara qilishdan boshqa narsani ko‘zlamagani aniq. Tanlangan manzaralar va shaxslar ham yaxshi niyat bilan tanlangan emas. Ko‘pchilik ishtirokchilar o‘zini suratga olinayotganini sezmaganga o‘xshaydi. Holat hatto shu darajaga borib etganki, kelinning ichki kiyimini kiyish jarayoni ham yashirin tarzda suratga olingan. Bu shaklda o‘zbek xalqiga mansub hech bir ayol o‘zi bilib turib suratga tushmasligi aniq. Muallif suratga olinayotgan kelindan, yaxshi ko‘rib turmushga chiqayapsizmi, deb suraydi. Kelin, ha, desa, rostini ayting, qachon uchrashgansiz, deydi. Ya’ni, o‘zbeklar bir-birini ko‘rmay turib turmush qurishadi degan fikrni oldinga surishga harakat qiladi. Filmda bir ayol bizning xalqimizda ayol kishi o‘zining tanasiga, sochi va qoshiga ham ega emasligi haqida shikoyat qiladi.Film mualliflari o‘z niyatlariga erishish maqsadida iloji boricha bilimsiz, uncha buncha narsani farqiga bormaydigan odamlarni tanlashgan. Misol uchun, bir soqol qo‘yib chopon kiygan shaxs, juma kuni tug‘ilgan qizlarga Oisha, Fotima va Odina ismlari qo‘yiladi, chunki, o‘sha kunda tug‘ilgan qizlarning qizlik pardasi yirtilganda qon chiqmaydi, deydi. Bu ham to‘qima yolg‘on orqali xalqimizni yomon ko‘rsatishdan boshqa narsa emas.Xontaxta atrofida o‘tirgan ikki ayolning suhbatida ham, ularning biri bu gaplarga uncha e’tibor bermagani uchun ozroq gapirgan. Ammo film egalarining maqsadiga muvofiq gaplarni aytgan ayolning gapi ko‘paygan. Yigirmatalab ayollar kelin kuyovning birinchi qo‘shilishi natijasini kutishi va shunga o‘xshash orada sir bo‘lib qoladigan gaplar chet ellar uchun bir necha tildagi filmning asosiy gaplariga aylangan. Filmda qizlik pardasi yo‘q bo‘lsa, nima bo‘pti qabilida gap yuritadi. Bir epizod hamma narsani buzib yuborishi kerakmi, deydi.Albatta, bularning barchasi o‘zbek xalqining urfi odati, izzat nafsi, dinu dyonatiga mutlaqo zid bo‘lgan gaplardir. Bu orqali xalqimizning ming yillar davomida saqlab kelayotgan ayollik, qizlik iffatini oyoq osti qilishga urinishdir.Shuning uchun ham qizlarimizning to‘y marosimigacha begona yigit bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi nisbatan kamdir.Shuni ta’kidlash kerak-ki, dinimiz ta’limotlari va milliyligimizga ko‘ra yigit hamda qiz o‘rtasida nikohdan keyin boshlanadigan jinsiy munosabatlar bilan bog‘liq holatlar, tafsilotlar juda tor doiradagi insonlargagina ma’lum qilinadi. Bu ham o‘zimizga xos milliy odob-axloq normasidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bunday nozik masalalar haqida film suratga olish, uni omma e’tiboriga havola qilishning o‘zi jiddiy mulohaza, uyat, andishani talab qiladi.Bevosita film syujeti haqida gap ketganda, avvalo, uni o‘zbek xalqining qadimiy diniy va milliy qadriyatlaridan biri ¬– iffatlilik masalasini eskilik sarqiti sifatida talqin etishga bo‘lgan urinish deyish mumkin.Shuningdek, filmda o‘zbek to‘y marosimlari bilan bog‘liq ayrim jihatlar qattiq tanqid ostiga olingan. Jumladan, yangalar tomonidan nikohning ilk kechasi kuyovning chimildiqdan chiqishini kutishi va bokiralikdan nishona beradigan choyshablarni yig‘ilganlarga ko‘rsatishi yovvoyilik elementi sifatida baholangan. Aslida esa, bu kelin-kuyovning munosabati o‘zaro ishonchga asoslanganini ko‘rsatadi.Filmning ikkinchi qismi ham ismi ko‘rsatilmagan "mutaxassis" ayol intervyusidan boshlangan va unda qiz va ayollarimizning ota-onalari va turmush o‘rtoqlarining iznisiz qaror qabul qilmasligi go‘yoki, shaxs haq-huquqlarining poymol qilinishi sifatida baholangan. Shu bilan birga, ayol, yurtimizdagi ginekolog mutaxassislarni savodsizlikda ayblash orqali ularni obro‘sizlantirishga uringan.Kadrlar atayin eski va ko‘rimsiz joylarda suratga olingan. Bu ham, aslida film orqali o‘zbek xalqini qashshoq va madaniyatsiz qilib ko‘rsatish yo‘lidagi sa’y-harakatlar ifodasidir.Filmda real voqelik aks ettirilmagan. Nikoh marosimi, undan so‘ng bo‘lib o‘tadigan holatlar nihoyatda bo‘rttirilgan, aksariyat lavhalar hayotiy asoslarga ega emas. Bu, filmning maxsus buyurtma asosida ishlangani haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Jumladan, hech qaysi risoladagi o‘zbek ayoli kamera narida tursin, hatto o‘z onasi oldida ham kiyim almashtirmaydi.Umuman olganda, xalqimiz hayotida iffat o‘ta nozik masalalar sirasiga kiradi. Balog‘atga etgan yigit, qizning rasmiy nikoh marosimi o‘tgunga qadar o‘zaro jinsiy aloqaga kirishish nafaqat, diniy, balki milliy qadriyatlarimizga ham ziddir. Shuningdek, har bir yigitning faqat bokira qiz bilan turmush qurishi mustahkam qoida hisoblanadi. Bu nafaqat, uning balki unga yaqin bo‘lgan barcha insonlarning ham hohish irodasidir. Sirasini aytganda, xalqimizda jinsiy hayot faqat ikki kishining qarashlari, yondashuvlari ustivor bo‘lgan o‘zaro ishonch va mehr-muhabbatga asoslangan makon hisoblanadi. Biz shunaqamiz. Bizning tabiatimiz shunaqa. O‘zligimiz asrlar davomida shakllangan ana shunday qadriyatlarga asoslanadi...Xullas, bokiraligini qaerda yo‘qotganini bilmaydiganlar u haqda gapirmasalar yaxshi bo‘lardi.Bu bilan mazkur ishning orqasida turgan kuchlar islom dinining muqaddas qadriyatlarini, hamda o‘zbek halqining asrlar mobaynida shakllangan milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini yo‘q qilish orqali, inson huquqlarini cheklash niqobi ostida, ularni ahloqsizlikka, foxishabozlikka da’vat etmoqda. Bu orqali halqning ma’naviyati va diniy e’tiqodini yo‘q qilib o‘zlarining "qadryatlarini" joriy etishga harakat qilishmoqda.
28 Aprel 2022, 03:41 | Savol-javoblar | 228 | Turli savollar