Kumushni o‘z narxiga qarzga sotish

Assalomu alaykum! Kumushni o‘z narxiga nasiyaga sotsa bo‘ladimi? Ya’ni 300,000 so‘mlik uzuk naqdgayam 300,000 so‘m, 1 oyga bo‘lib to‘lashgayam 300,000 so‘m. Shunday savdo qilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu to‘g‘risida ikki xil fikr bor. Biri kumush bilan so‘m pulni o‘rtasida farqi yo‘q. Ikkinchisi ikkisi boshqa-boshqa narsa. Arab ulamolari birinchi gapni olishadi. Xindiston va Pokiston ulamolari ikkinchi gapni. Ustozimiz rahimahulloh ham birinchi gapni olar edilar. U gapga ko‘ra joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar