Qasamni buzish yoki qaytib olish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Allohim sizlarga rahmat nurini yog‘dirsin. Meni bir savolim bor edi. Agar inson biron bir gunohni qayta qilmaslik uchun Allohga qasamki deb ichib keyinchalik qasamni oxirigacha etkazolmasligini bilib qasamni buzsa yoki to‘xtatsa bo‘ladimi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzur. Allohim barchadan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qasamni to‘xtatish yoki qaytarib olish yo‘q. Bu xuddi otilgan o‘qni qaytarishni imkoni bo‘lmaganidek. Kafforat vojib bo‘ladi. Agar taloqqa tegishli qasam bo‘lsa taloq tushadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:34 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar