Otin oyi va dodamni idda haqidagi gaplari

Assalomu alaykum! Mening dodam 1-may kuni olamdan o‘tdilar. Maraka kuni otin oyi buvimga siz 4 oyku 10 kun iddada o‘tirishingiz lozim degan edi, mening raxmatli dodam taqvodor, islom tarafidan juda ko‘p ilimga ega inson edilar va ular bir kuni aytgan edilar. Idda bu, yosh beva qolganlar uchun, yoshi kattalar iddada o‘tirishi judayam shart xolat emas degandilar. Mening buvimning yoshlari 69 bir otinxam sizga 2 oy 10 kun xam bo‘laveradi degandi. Shu xaqida malumot bering, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dodangiz ham otin ham bekor aytishibdi. Dinni yaxshi bilmaydiganlardan shunday gaplar chiqadi. Iddaning hukmini Alloh taolo dalili bilan Qur’onda marhamat qilgan. O‘limdan keyin to‘rt oyu o‘n kun.وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا  «Sizlardan vafot etib, juftlarini qoldirganlarning ayollari o‘zlaricha to‘rt oyu o‘n kun kutarlar» (Baqara surasi, 234-oyat).
Bu hukmga hadisdan ham dalil bor:عَنْ حُمَيْدِ بْنِ نَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنْ زَيْنَبَ بِنْتِ أَبِي سَلَمَةَ، أَنَّهَا قَالَتْ: دَخَلْتُ عَلَى أُمِّ حَبِيبَةَ زَوْجِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم حِينَ تُوُفِّيَ أَبُوهَا أَبُو سُفْيَانَ بْنُ حَرْبٍ، فَدَعَتْ بِطِيبٍ فِيهِ صُفْرَةٌ خَلُوقٌ، أَوْ غَيْرُهُ، فَدَهَنَتْ مِنْهُ جَارِيَةً، ثُمَّ مَسَّتْ بِعَارِضَيْهَا، ثُمَّ قَالَتْ: وَاللهِ مَا لِي بِالطِّيبِ مِنْ حَاجَةٍ، غَيْرَ أَنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَقُولُ عَلى الْمِنْبَرِ: «لَا يَحِلُّ لِامْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ، أَنْ تُحِدَّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلَاثِ لَيَالٍ، إِلَّا عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا». رَوَاهُ الْخَمْسَةُ  Humayd ibn Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Zaynab binti Abu Salama aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Ummu Habibaning oldilariga kirdim. O‘sha payt uning otasi Abu Sufyon ibn Harb vafot etgan kunlar edi. U sariq rangli bir qorishma yoki boshqa xushbo‘y narsa keltirishlarini so‘radi. Undan bir qizchaga surtib ko‘rdi-da, keyin o‘zining ikki yuziga surtib turib:
«Allohga qasamki, hozir xushbo‘y narsa surtadigan holim yo‘q, ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning minbardan turib: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayol uchun biror mayyit uchun uch kundan ortiq aza tutishi halol emas. Faqat eriga to‘rt oyu o‘n kun tutadi», deganlarini eshitgan edim», dedi».
Beshovlari rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar