O‘yin o‘ynovchilarning xukmi

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda kompiyuter o‘yinlarini o‘ynab pul topadiganlar ko‘paydi. Ular o‘zini shaxsiy kompiyuteri orqali GTA, PUBG, FUTBOL, COUNTER, xullas shularga o‘xshash xar xil o‘yinlar o‘ynab pul topishadi lekin qimor emas. Xech qanday stavkalar qo‘yilmaydi. Bazilari yutubda kanal ochib o‘ynagan vaqtidagi o‘yinlarini videosini qo‘yadi. Shularni hukmi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Umrini zoe ketkazayotgan bo‘lishadi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
(Sunani Dorimiy). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar