Yana taloq
Assalomu alaykum! Ustozlar, oldingizda xijolattaman, kechagi savolni noto‘g‘ri tushintirib yozibman, ming bor uzr. Agar er madxula xotinini kinoya lafzi bilan: "men sen bilan yashamayman", "sendek xotin kerak emas" lafzlari bilan boin taloq qilib, izidan, makonni almashtirib, atfsiz: "sen taloqsan, taloqsan, taloqsan" - deganda hukm nima bo‘ladi? Shu xotini bilan idda muddatidan keyin nikoh durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Boin taloq qilganidan keyin ayol iddasi chiqib ketmasidan avval “sen taloqsan, taloqsan, taloqsan” desa va ikkinchi, uchinchi bor taloqsan deyishidan birinchi taloqni ta’kidlaganini iroda qilmasa, uch taloq tushadi. Boshqa turmush qurib va undan ajramagunicha qayta nikohiga olish durust emas. Madxulun biha bo‘lmasa, keyingi “taloqsan, taloqsan, taloqsan” so‘zlari bilan taloq tushmaydi. Chunki boin taloq qo‘yilgach, u iddaga o‘tirmaydi. SARIH LAFZ BILAN TUShGAN TALOQDAN KEYIN KINOYa LAFZLAR BILAN TALOQ QO‘YISh VA KINOYa LAFZLAR BILAN TUShGAN TALOQDAN KEYIN SARIH LAFZLAR BILAN TALOQ QO‘YISh
Taloqni bir navi, ya’ni sarih (yoki kinoya) lafzlar bilan taloq qo‘ygandan keyinoq yoki idda ichida ikkinchi nav, ya’ni kinoya (yoki sarih) lafzlar bilan qo‘yilgan taloqni voqe bo‘lish yoki voqe bo‘lmasligi haqida quyida biroz sharh bilan bayon qilamiz.
Sarih lafz bilan qo‘yilgan raj’iy yoki boin taloq voqe bo‘lgandan keyin o‘sha zahoti yoki idda ichida yana sarih lafzlar bilan taloq qo‘ysa, birinchi taloq bilan birga ikkinchi qo‘yilgan taloq sarihga sarih ilashadi degan qoidaga binoan voqe bo‘ladi. Lekin, raj’iy taloqqa ilashuvchi raj’iy taloq raj’iy taloqligicha qoladi. Raj’iy taloq boin taloqqa ilashsa yoki boin taloq raj’iy taloqqa ilashsa qo‘yilgan taloq boinga aylanadi va boin taloq bilan raj’at haqqi soqit bo‘ladi. Masalan, bir kishi ayoliga: “Men senga taloq qo‘ydim” deb, so‘ng o‘sha vaqt yoki idda ichida yana ikkinchi bor: “Men senga taloq qo‘ydim” dedi. Shu bilan ayolga ikki raj’iy taloq voqe bo‘ladi.
Agar bir kishi ayoliga: “Men senga taloq qo‘ydim” deb, o‘sha zahoti yoki idda ichida ikkinchi bor ayoliga: “Men senga qattiq taloq qo‘ydim” desa yoki aksincha “Men senga qattiq taloq qo‘ydim” deb, ketidan yoki idda ichida: “Men seni taloq qildim” desa yoki “Men senga yomon taloq qo‘ydim” deb, ketidan yoki idda ichida ayoliga “Men senga yomon taloq qo‘ydim” desa, bas ushbu uch surat bilan ikki boin taloq voqe bo‘ladi.
Ikkinchi surat shuki, kinoya lafzi bilan voqe bo‘lgan boin taloqdan so‘ng sarih lafz bilan o‘sha zahoti yoki idda ichida taloq qo‘ysa, bas birinchi qo‘yilgan boin taloqqa ikkinchi sarih lafzlar yordamida qo‘yilgan taloq kinoiy lafz bilan tushgan taloqqa sarih lafz bilan qo‘yilgan taloq ilashadi qoidasiga binoan, ikki boin taloq tushadi. Lekin, ikkinchi sarih lafz bilan tushgan taloq raj’iy bo‘lsada avvalgi boinga ilashib boinga aylanadi. Masalan bir kishi taloq zikr qilinayotgan vaqtda yoki taloq niyatida o‘z ayoliga xitob qilib: “Sen mendan ayrilding” deb, ketidan yoki idda ichida: “Men senga taloq qo‘ydim” desa yoki bir kishi taloq zikr qilinayotgan vaqtda yoki taloq niyatida: “Sen mendan ayrilding” deb, ketidan yoki idda ichida: “Tog‘ kabi senga taloq qo‘ydim” desa, bas mazkur suratlarning har birida ikki boin taloq voqe bo‘ladi.
Uchinchi surat shuki, sarih lafz bilan qo‘yilgan raj’iy taloqdan keyin o‘sha zahoti yoki idda ichida kinoya lafzlar bilan taloq qo‘ysa, birinchi qo‘yilgan raj’iy taloq ikkinchi qo‘yilgan boin taloqqa qo‘shilib, ikki boin taloqqa aylanadi. Bu sarih lafz bilan tushgan raj’iy taloqqa kinoiy lafz bilan tushgan boin taloq ilashadi degan qoidaga muvofiqdir. Masalan, bir kishi ayoliga: “Men senga taloq qo‘ydim” deb, ketidan yoki idda ichida taloq zikr qilinayotgan paytda yoki taloq niyatida: “Men seni o‘zimdan yiroq qildim” desa, bas avvalgi jumla bilan qo‘yilgan taloq raj’iy, keyingi jumla bilan qo‘yilgan taloq boin bo‘ladi va so‘ng ikkalasi bir-biriga qo‘shilib ikki boin taloq bo‘ladi.
To‘rtinchi surat shuki, sarih lafz bilan voqe bo‘lgan boin taloqdan keyin kinoya lafz bilan qo‘yilgan boin taloq voqe bo‘lmaydi, ya’ni sarih boin taloqqa kinoya boin taloq ilashmaydi. Ha, agar sarih boin taloq ketidan aytilgan kinoya lafzga boshqa yangi taloqni anglatuvchi biror lafz qo‘shilsa, sarih boin taloq ketidan boshqa yangi taloqni anglatuvchi kinoya lafz bilan ham ikkinchi, uchinchi taloq voqe bo‘laveradi. Masalan, bir kishi ayoliga: “Men senga yomon taloq qo‘ydim” deb boin taloq qo‘ysa, ketidan: “Sen mendan ajralding” desa kinoiy lafz bilan boin taloq qo‘ysa, bas bir boin taloq voqe bo‘ladi. Agar er ayoliga: “Men senga yomon taloq qo‘ydim” deb, ketidan yoki idda ichida: “Men seni o‘zimdan yangittadn (yoki boshqatdan) yiroq qildim” desa, bas ikki boin taloq voqe bo‘ladi.
Beshinchi surat to‘rtinchi surat kabi bo‘lib, kinoya lafzi bilan voqe bo‘lgan taloqi boindan keyin xoh bir kinoya lafzni takror-takror aytsin yoki turli kinoya lafzlarni iste’mol qilsin bir boin taloq tushadi. Bu kinoiy lafz bilan tushgan boin taloqqa kinoiy lafz bilan qo‘yilgan boin taloq ilashmaydi qoidasiga binoan. Ha, agar ikkinchi kinoya lafzda yangitdan taloq qo‘yishga dalolat qiladigan biror lafz ishlatilsa, idda ichida ikkinchi qo‘yilgan kinoya lafz bilan ham taloq tushaveradi. Masalan, bir kishi taloq zikr qilinayotgan vaqtda yoki taloq niyatida: “Men seni yiroq qildim” deb, ketidan yoki idda ichida yana ikkinchi bor: “Men seni yiroq qildim” dedi yoki taloq zikr qilinayotgan paytda: “Men seni yiroq qildim” deb, ketidan yoki idda ichida taloqni niyat qilib: “Otangnikiga ketaver” dedi. Bas, bu bilan bir boin taloq voqe bo‘ladi. Ha, agar taloq zikr qilinayotgan paytda yoki taloq niyati bilan: “Men seni o‘zimdan yiroq qildim” deb, ketidan yoki idda ichida: “Men seni yangitdan o‘zimdan yiroq qildim” desa, bas bu suratda ikki boin taloq vaoqe’ bo‘ladi. الصَّرِيحُ يَلْحَقُ الصَّرِيحَ وَيَلْحَقُ الْبَائِنُ بِشَرْطِ الْعِدَّةِ وَالْبَائِنُ يَلْحَقُ الصَّرِيحَ الصَّرِيحُ مَا لَا يَحْتَاجُ إلَى نِيَّةٍ بَائِنًا كَانَ الْوَاقِعُ بِهِ أَوْ رَجْعِيًّا… عَلَى الْمَشْهُورِ لَا يَلْحَقُ الْبَائِنُ الْبَائِن. “Sarih sarihga hamda boinga ilashadi iddaning ichida bo‘lish sharti bilan. Boin sarihga ilashadi. Sarih lafz taloq vaqtida niyatga muhtoj bo‘linmaydigan lafz bo‘lib, gohida u sarih lafz bilan tushguvchi boin bo‘ladi yoki raj’iy bo‘ladi. Mashhur qavlga ko‘ra boin boinga ilashmaydi” (Durrul muxtor).
قَوْلُهُ الصَّرِيحُ يَلْحَقُ الصَّرِيحَ كَمَا لَوْ قَالَ لَهَا: أَنْتِ طَالِقٌ ثُمَّ قَالَ أَنْتِ طَالِقٌ أَوْ طَلَّقَهَا عَلَى مَالِ وَقَعَ الثَّانِي بَحْرٌ، فَلَا فَرْقَ فِي الصَّرِيحِ الثَّانِي بَيْنَ كَوْنِ الْوَاقِعِ بِهِ رَجْعِيًّا أَوْ بَائِنًا قَوْلُهُ وَيَلْحَقُ الْبَائِنَ كَمَا لَوْ قَالَ لَهَا أَنْتِ بَائِنٌ أَوْ خَلَعَهَا عَلَى مَال ثُمَّ قَالَ أَنْتِ طَالِقٌ أَوْ هَذِهِ طَالِقٌ بَحْرٌ عَنْ الْبَزَّازِيَّةِ، ثُمَّ قَالَ: وَإِذَا لَحِقَ الصَّرِيحُ الْبَائِنَ كَانَ بَائِنًا لِأَنَّ الْبَيْنُونَةَ السَّابِقَةَ عَلَيْهِ تَمْنَعُ الرَّجْعَةَ كَمَا فِي الْخُلَاصَةِ …قَوْلُهُ بِشَرْطِ الْعِدَّةِ هَذَا الشَّرْطُ لَا بُدَّ مِنْهُ فِي جَمِيعِ صُوَرِ اللِّحَاقِ، فَالْأَوْلَى تَأْخِيرُهُ عَنْهَا …قَوْلُهُ بَائِنًا كَانَ الْوَاقِعُ بِهِ أَوْ رَجْعِيًّا يُؤَيِّدُهُ مَا قَدَّمْنَاهُ فِي أَوَّلِ فَصْلِ الصَّرِيحِ عَنْ الْبَدَائِعِ مِنْ أَنَّ الصَّرِيحَ نَوْعَانِ: صَرِيحٌ رَجْعِيٌّ، وَصَرِيحٌ بَائِنٌ، وَحِينَئِذٍ فَيَدْخُلُ فِيهِ الطَّلَاقُ الرَّجْعِيُّ وَالطَّلَاقُ عَلَى مَالٍ وَكَذَا مَا مَرَّ قَبْلَ فَصْلِ طَلَاقِ غَيْرِ الْمَدْخُولِ بِهَا مِنْ أَلْفَاظِ الصَّرِيحِ الْوَاقِعِ بِهَا الْبَائِنُ، مِثْلُ: أَنْتِ طَالِقٌ بَائِنٌ أَوْ أَلْبَتَّةَ أَوْ أَفْحَشَ الطَّلَاقِ أَوْ طَلَاقَ الشَّيْطَانِ أَوْ طَلْقَةً طَوِيلَةً أَوْ عَرِيضَةً إلَخْ فَهَذَا كُلُّهُ صَرِيحٌ لَا يَتَوَقَّفُ عَلَى النِّيَّةِ، وَيَقَعُ بِهِ الْبَائِنُ وَيَلْحَقُ الصَّرِيحَ وَالْبَائِنَ. قَالَ فِي الْخُلَاصَةِ: وَالصَّرِيحُ يَلْحَقُ الْبَائِنَ وَإِنْ لَمْ يَكُنْ رَجْعِيًّا …قَوْلُهُ لَا يَلْحَقُ الْبَائِنُ الْبَائِنَ الْمُرَادُ بِالْبَائِنِ الَّذِي لَا يَلْحَقُ هُوَ مَا كَانَ بِلَفْظِ الْكِنَايَةِ لِأَنَّهُ هُوَ الَّذِي لَيْسَ ظَاهِرًا فِي إنْشَاءِ الطَّلَاقِ كَذَا فِي الْفَتْحِ، وَقَيَّدَ بِقَوْلِهِ الَّذِي لَا يَلْحَقُ إشَارَةً إلَى أَنَّ الْبَائِنَ الْمُوقَعَ أَوَّلًا أَعَمُّ مِنْ كَوْنِهِ بِلَفْظِ الْكِنَايَةِ أَوْ بِلَفْظِ الصَّرِيحِ الْمُفِيدِ لِلْبَيْنُونَةِ كَالطَّلَاقِ عَلَى مَالٍ. «Sarih sarihga ilashadi. Hamchunoniki, er xotiniga: «Sen taloqsan» dedi, so‘ng biroz o‘tgach yaana: «Sen taloqsan» dedi yoki «Sen taloqsan» degandan keyin xotinini mol evaziga taloq qildi. Ikkinchi sarih lafz bilan tushgan taloq raj’iy bo‘lsa ham yoki boin bo‘lsa ham avvalgi sarih lafz bilan tushgan taloqqa ilashadi. Sarih lafz sarihga ilashgani kabi boinga ham ilashadi. Masalan, bir kishi xotiniga qarab: «Sen boin taloqsan» dedi yoki mol evaziga xulu’ qildi so‘ng iddasi ichida: «Sen taloqsan» deb aytsa ikkinchi aytilgan taloq avvalgi aytilgan taloqqa qo‘shilib, ikkita bo‘ladi. Bu gapni «Bahr» kitobida bazzoziyadan naql qilib keltirilgan. So‘ng yana aytadiki, agar sarih lafz bilan tushgan taloq raj’iy bo‘lsada o‘zidan avval tushgan boin taloqqa qo‘shilsa, u ham boinga aylanadi. Chunki, avval tushgan boin taloq keyingi tushgan raj’iy taloqni boinga aylantirib qo‘yadi hamda raj’atni man’ qiladi. «Xulosa»da ham shunday kelgan. Musannifning iddada bo‘lish sharti bilan degan so‘zi birin ketin qo‘yilgan taloqlar bir-biriga qo‘shilish suratlarining barchasida shart qilingandir. Badoyi’da zikr qilinishicha, sarih ikki qismga bo‘linadi: sarihi raj’iy, sarihi boin. Yuqoridagi sarih sarihga va boinga ilashadi degan jumla ostiga sarih lafz bilan tushgan raj’iy taloq hamda mol evaziga bo‘lgan boin taloq ham kirib ketadi. Yaqinlik qilinmagan ayolning talog‘i zikr qilingan fasldan ilgari o‘tgan sarih lafzlar bilan tushguvchi boin taloqlar ham yuqoridagi sarih lafzining ostiga kiradi. Sen boin taloqsan, sen bitta taloqsan, juda ham yomon taloqsan, shaytonning talog‘isan, uzun, keng taloqsan (kabi) lafzlarning barchasi taloqda sarih sanalib, bu so‘zlarni aytayotgan paytda taloqni niyat qilgan yoki qilmaganiga e’tibor berilmaydi va ular bilan boin taloq tushib, o‘zidan oldingi sarihga va boinga ilashadi». «Xulosa» kitobida sarih boinga ilashadi degani, garchi sarih lafz bilan tushgan taloq raj’iy bo‘lmasada deyilgan. Boin boinga ilashmaydi degan so‘zdan murod kinoiy lafz bilan bo‘lgan boin o‘zidan avvalgi boinga ilashmaydi degan ma’nodadir. Chunki, kinoiy lafz bilan tushgan boin yangitdan taloq qo‘yganligida zohir emas. «Fath»da ham shuningdek kelgan. Musannifning ilashmaydigan boin degan so‘zida, avvalgi tushgan boin kinoiy lafz bilan bo‘ladimi yoki boinni ifoda qiluvchi sarih lafz bilan bo‘ladimi baribir ekanligiga ishora bor. (Durrul muxtor). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:35 | Savol-javoblar | 224 | Turli savollar