Yo‘lda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Yurib turgan transport vositasida tik turib namoz o‘qish kerakmi yoki o‘tirgan holatda. Transportni ichi keng va katta bemalol tik tursa bo‘ladi lekin diqqatni jamlab muvozanatni saqlash qiyin bo‘lyapti? Va qibla xar doim oldinda yo‘nalish tamonda bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashinada yoki boshqa ulovda namoz o‘qigan odamda namozning ikki farzi topilmaydi. Ular qiyom va qiblaga yuzlanish. Farz topilmasa namoz ado bo‘lmaydi. Sizning holatingizda qiblaga yuzlanish farzi topilmaydi va bu sababdan namoz durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar