Fosik va bid’atchi imom orkasida ukilgan namoz
Assalomu alaykum! savol: Abdullox Buxoriy degan axli ilm kishi Muxtasar ul Kuduriyni jamoat va imomat bobini sharx kila turib, fosik imomning ortidan ukilgan namoz xanafiy mazxabi buyicha kaytadan ukiladi, deb aytdi. Lekin kaysi kitobda, kaysi olim shunday fatvo berganligini aytmadi. Usto xanafiy mazxabi buyicha fosik va bid’atchi imom ortidan ukilgan namoz kayta ukiladimi? Iltimos bu masalada batafsi tushuntirish bersangiz. Sababi usha darslarni tinglaganlar masjidga bormay kuyishdi. Yangi ixtiloflar chikish xavfi chikmokda. Shuning uchun bu masalada siz aziz ustozga murojaat kilishga majbur buldim. E’tiboringiz uchun tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu masala bo‘yicha Ahli sunna va jamoa ayiydaviy mazhabi, jumladan hanafiylarning asl aqiyda kitoblari bo‘lmish “Tohaviya”ning sharhini keltirshga ijozat bergaysiz:- Ahli qiblaning yaxshisiyu fojiri ortidan namoz o‘qish joiz, deb bilamiz. Ulardan o‘lganlariga janoza o‘qish joiz, deb bilamiz. Sharh: Ushbu iborada ikki masala bor: Birinchisi: Namozda har bir yaxshiga va fojirga iqtido qilish joizligi. Ikkinchisi: Har bir yaxshi va fojirga janoza o‘qish joizligi. Birinchi masalaning dalili: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Har bir yaxshi va fojir ortidan namoz o‘qiyveringlar», deganlar. (Dora Qutniy rivoyat qilgan). 2. «Sahihi Buxoriy»da Abdulloh ibn Umar va Anas ibn Molik roziyallohu anhular Hajjoj ibn Yusuf as-Saqafiy ortidan namoz o‘qiganlari rivoyat qilingan. Hajjoj fosiq va zolim bo‘lgani esa, ma’lum va mashhur. Shuningdek, Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu al-Valid ibn Uqba ortidan namoz o‘qir edilar. U esa, aroq ichar edi. 3. Shuningdek, yana «Sahihi Buxoriy»da rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Ular sizlarga namozga o‘tadilar. Agar to‘g‘ri qilsalar sizga ham, ularga ham foyda. Agar noto‘g‘ri qilsalar, sizga foyda, ularga zarar», - deganlar. Hech kim shak-shubha qilmaydiki, fojirdan murod, e’tiqodida bid’at yo‘q odamdir. Chunki, shirk sohibi va e’tiqodiy bid’at sohibi mo‘min bo‘lmaydi. Unga qandoq qilib iqtido qilib bo‘ladi?! Imomlar ittifoq qilganlarki, bid’ati va fosiqligi bilinmagan odamning orqasidan namoz o‘qisa bo‘ladi. Iqtido qiluvchi imomning e’tiqodi qandoq ekanini bilishi shart emas. Shuningdek, bu yoki u narsada qandoq e’tiqoddasan? -deb imtihon qilish ham shart emas. Holi noma’lum odamga namozda iqtido qilinaveradi. To‘g‘risi, o‘z bid’atiga da’vat qilayotgan bid’atchining va fosiqligi ma’lum fosiqning ortidan namoz o‘qilaveradi. Agar u tayinlagan imom bo‘lib, undan boshqaning ortida o‘qish imkoni bo‘lmasa. Yoki u juma, hayit va arofot namozlariga imom bo‘lsa. Bundoq imom ortidan namoz o‘qishni barcha salafu xalaf joiz ko‘rganlar. Lekin, avval aytilganidek, uning bid’ati e’tiqodiy bo‘lib ijmoliy aqiydalarga biror narsa ziyoda yoki nuqson qilmagan bo‘lishi shart. Bid’atchi va fosiqning ortidan namoz o‘qish joizligi bilan birga, makruhlikdan xoliy emas. Ammo qayta o‘qish lozim bo‘lmaydi. Chunki, Abdulloh ibn Umar, Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Mas’ud kabi sahobai kiromlar fojir boshliqlar ortidan juma va jamoat namozlarini o‘qiganlar, ammo qayta o‘qib olmaganlar. Buning ma’nosi, bid’atchi va fojirni imom qilib qo‘yish kerak, degani emas. Balki, uni ketkazib, yaxshi, taqvodorni imom qilish kerak.
1 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 185 | Aqiyda