Dunyo ilmini o‘rganishga intilish
Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, bizni savollarimizga sidqidildan e’tibor bilan javob berayotganilarga sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Savol ko‘p lekin odob yuzasidan ma’lum vaqt oralig‘ida savol berishga harakat qilmoqdamiz. Meni bir narsa ajablantiradi. Ajdodlarmiz bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali Ibn Sino buyuk sarkarda Amir Temur va hokazo ulamolarimiz deyarli barchasi Qur’onni yoddan bilishgan va ma’nolarini tushunib shu ilmlarga asoslangan xolda juda olamshulul kashfiyotlar qilishgan. Meditstsina sohasi, matematika, algebra, astranomiya va hokazo sohalar bo‘yicha xozirgacha inkor etib bo‘lmaydigan aniq fikrlar, to‘lik fanlarga asos solishgan va ixtirolar qilishgan. Hozir xam Qur’onlar qorilari juda ko‘p va ko‘paymoqda, lekin afsuslar bo‘lsinki zamonaviy hayotimizda aksariyat ixtiro kashfiyotlar g‘ayriddin «olimlari»(hattoki atteistlar) tomonidan takomillashtirilmoqda. Kashfiyotlarning aksariyati oyatlarda kelgan ma’nolarga, hadislarni xulosalariga yaqin ixtirolar. Biz ilmiy jixatidan eng oliy maqomidagi musulmonlarmiz, dunyo ilmini o‘rganishda sustlashyabmizmi? Yoki adashyapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozir ham dunyoning har bir sohadagi eng oldi kishilari Qur’on va hadis sohiblari hisoblanadilar. Dunyoga mashhur yurak operatsiyasini bajaruvchi sanoqli insonlardan biri Doktor Samir bo‘ladilar. U kishi sanadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng yaqin bo‘lgan o‘n qiroat sohibi hamda etuk muhaddis olimlardandir. Bu kabi ro‘yxatning cheki yo‘q. Yaqin kunlargacha yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan fizika olimlari yozuvchi shoirlarimiz noyob jarrohlik amaliyotini o‘tkazuvchi doktorlarimiz yoshligida Qur’onni yodlagan, katta mashoyixlar huzurida suhbat topgan kishilar edi. Misol uchun O‘tkir Xoshimov va Erkin Vohidovlar ham yoshligida Qur’ondan ancha qismini yod olgan edilar. Siz aytgan dunyodagi mashhur kashfiyotlarni avvaliga qarasangiz uni boshlovchisi musulmon oxiriga etkazib mukofotini olgan boshqa din vakili bo‘lib chiqadi. Tug‘ri mulohaza qilyapsiz, biroz sustligimiz bor. Yosh avlodni dindor, taqvodor olimlar qilib etishtirish vazifasi barcha musulmonlarning zimmasidagi farzi kifoyadir. Qachonki biz taraqqiyotdan orqada qolsak, boshqalarga qaramlik yuzaga keladi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim