Etim xaqqini eganmizmi

Assalomu alaykum! Yaqinda bir qo‘shnimiz 32 yoshida olamdan o‘tdi. Alloh uni raxmatiga olsin. Undan keyin uning voyaga etmagan uch bolasi va ayoli vafot etshan qo‘shnimizning otasini qaramog‘ida qoldi. Dafin marosimidan uch kun kegin marxumning tog‘alari va amakilari yig‘ilishib o‘zlari pul tuplashib marxumga xudoyi qilishdi. Qo‘shnimiz xamda qarindoshimiz bo‘lganligi sababli men xam ushbu marosimda qatnashdim. Xudoyi o‘tgandan kegin bir ikki insonlar etimni xaqqini eb qo‘yibsan deyishayapti. Savolim: xaqiqatdan xam etimni xaqqini eb qo‘ydimmi agar shunday bo‘lsa bo‘nga qanday tavon to‘lanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etimlarning molidan qilinmasa, hammasini boshqa odam qilib bersa, joiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:22 | Savol-javoblar | 186 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar