Rasm chizish haqida

Assalomu alaykum! Meni bir savol necha yillardan buyon qiynaydi. Alloh taolo har bir bandasiga qaysidir tarafdan qobiliyat beradi, kimgadir ilm, kimgadir yod olish va hakazo.Men bu yil o‘qishga topshirmoqchiman, dizaynerlik bo‘yicha - kiyim chizish. Avvalo odam rasmini chizib, keyin unga kiyim chizaman. Bu qobiliyatdir balki. Lekin Allohning yaratgan insonlariga taqlid ravishda rasm chizmayapmanmikan, axir yaratuvchimiz. Birok hayotimda bundan boshqa kasbni eplolmayman ham. Chunki dugonam qiziqqan nemis tiliga meni qiziqishim yo‘qdir. Shu kabi og‘ir savol qiynaydi meni. Qisqasini aytganda rasm chizishim va o‘qishga topshirishim borasida avvalo kimdandir maslahat so‘rasam degandim. Ertaga bu chizganlarimni oxirati bor. Iltimos, menga maslahat bersangiz, o‘qishga topshirib ko‘rib, shu sohani tanlaymi yoki umuman aksini qilaymi? Ikki yildan beri shu savol tufayli o‘qishga topshirolmadim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jonli narsalarning mukammal suratini chizishga ruxsat yo‘q. Siz kiyim bichishi uchun kasb yuzasidan to‘liq qilmay, misol uchun boshsiz qilib chizsangiz bo‘ladi.

27 Aprel 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar