Arendaga moshina

Assalomu alaykum! Ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Savolim, men 2 yil oldin arendaga moshina olgandim  va hozir oxirgi oy mudati qoldi ammo qarzim juda ko‘p. Qarzimni yopishga meni imkoniyatim va qarz ko‘tarishgayam sharoitm bo‘lmasa va u arendatorim pulni bering deb so‘rabtursa shu holatda nima maslahat berasizlar? Ustiga ortiqcha pul to‘lasa ribo bo‘ladi, ishimiz riboga aralashmasligi uchun 2 yilga tuzilgan shartnomani buzib 3 yilga qayta tuzsa bo‘ladimi? Aalbatta foydasi 3 yil hisobiga oshadi. Shunda ribo bo‘lmaydimi? Yoki moshinani arendatorimga sotsam va u qarzini echib olib qolib yana menga arendaga bersa bo‘ladimi? Qaysi biri joiz? Men ham arendator ham sizning muxlisingizmiz va  shariatga qarab ish tutamiz. Sizlarning fikringiz juda muhim. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Mashinani sotib pulni to‘laysiz. 2). Joiz emas. Ikki yilda to‘lolmagan uch yilda to‘layman deb umid qilmang. Bor boricha yo‘q holicha yashashga harakat qiling. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 186 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar