Dugonamning savoli

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir dugonamning iltimosiga bilan savol beryapman. U turmushga chiqqan bitta farzandi bor. Turmush o‘rtog‘i ichkillikka berilgan. Dugonamning onalari qattiq betob edilar. Dugonam homiladorligida onasinikiga kelgan eri yarim kechada ichib kelib kayf holatda "eshikni ochmasang uch taloqsan" deb aytgan. Dugonamning onalari betob bo‘lganliklari uchun eshikni ochtirmaganlar. Chunki kirib kayf holatda urush-janjal qiladi deyishgan. Endi bu ishga 2 yildan oshdi. Shu vaqtgacha eri bilan yashab kelgan. Hozir yana uyiga kelgandi. Men sizlarga uch taloq tushgan desam ishonmayapti. Eri bir qori odamdan so‘rasa taloq tushmagan. Bunga kasal yotgan onasi javob beradi debdi. Onalari ham vafot etdilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dugonangizga o‘shanda uch taloq tushgan. Uch taloqning hukmi haqida saytimizda juda ko‘p yozganmiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:28 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar