”Alloh rozi bo‘lsin” so‘zi

Assalomu alaykum! Mo‘min musulmonlar bir birlarini hojatlarini chiqarishganda yoki biror yaxshilik qilganlarida “Alloh rozi bo‘lsin“,”Alloh sizdan rozi bo‘lsin” so‘zini aytish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mo‘minlar bir-birlariga “Alloh rozi bo‘lsin”, "Alloh sizdan rozi bo‘lsin” deyishlari joiz. Balki tilaklarning eng afzalidir. Bunday tilak bildirish butun Islom olamida urfga kirgan. Alloh taolo Qur’oni karimda sahobalar haqida رَّضِيَ اللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُوا عَنْهُ  “...Alloh ulardan rozi bo‘ldi, ular ham Undan rozi bo‘ldilar...” degan. Hadislarda quyidagicha tilak bildirish vorid bo‘lgan. عن أسامة بن زيد رضي الله عنهما قال : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : ( مَنْ صُنِعَ إِلَيْهِ مَعْرُوفٌ فَقَالَ لِفَاعِلِهِ : جَزَاكَ اللَّهُ خَيْرًا . فَقَدْ أَبْلَغَ فِي الثَّنَاءِ  رواه الترمذي (1958) والنسائي في "السنن الكبرى" (6/53 Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kimga biror yaxshilik qilinsa va yaxshilik qilingan yaxshilik qilgan kishiga “Jazaakallohu xoyroo”* desa batahqiq maqtovni chiroyli ado qilibdi” dedilar".Termiziy va Nasaiylar rivoyati. *Ma’nosi :  “Allohdan sizni savobingizni ko‘paytirib berishini so‘rayman”. Bu kabi duo qilish, tilak bildirish sahobai kiromlarning odatlaridan bo‘lgan. حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ بْنُ يَحْيَى قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ اللهِ بْنُ نُمَيْرٍ قَالَ: حَدَّثَنَا هِشَامُ بْنُ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ: أَنَّهَا اسْتَعَارَتْ مِنْ أَسْمَاءَ قِلَادَةً فَهَلَكَتْ، فَبَعَثَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم رَجُلًا فَوَجَدَهَا، فَأَدْرَكَتْهُمُ الصَّلَاةُ، وَلَيْسَ مَعَهُمْ مَاءٌ فَصَلَّوْا، فَشَكَوْا ذَلِكَ إِلَى رَسُولِ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَأَنْزَلَ اللهُ آيَةَ التَّيَمُّمِ. فَقَالَ أُسَيْدُ بْنُ حُضَيْرٍ لِعَائِشَةَ: جَزَاكِ اللهُ خَيْرًا، فَوَاللهِ مَا نَزَلَ بِكِ أَمْرٌ تَكْرَهِينَهُ إِلَّا جَعَلَ اللهُ ذَلِكِ لَكِ وَلِلْمُسْلِمِينَ فِيهِ خَيْرًا. أطرافه: 334، 3672، 3773، 4538، 4607، 4608، 5164، 5250، 5882، 6844، 6845 - تحفة: 16990 Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«U kishi Asmodan oriyatga (vaqtincha taqib turish uchun) marjon olgan edi, yo‘qolib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishini yuborgan edilar, uni topib keldi. Shu asnoda namoz vaqti bo‘ldi. Ularda suv yo‘q edi, namozni o‘qiyverishdi. Keyin bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qilishdi. Shunda Alloh tayammum oyatini nozil qildi. Usayd ibn Huzayr Oishaga: «Alloh seni yaxshilik bilan mukofotlasin. Allohga qasamki, qachon boshingga o‘zing yoqtirmaydigan bir ish tushsa, Alloh albatta bunda sen uchun va musulmonlar uchun bir yaxshilik qilgan bo‘ladi», dedi».  (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). قال عمر بن الخطاب رضي الله عنه : ( لو يعلم أحدكم ما له في قوله لأخيه : جزاك الله خيرا ، لأَكثَرَ منها بعضكم لبعض  مصنف ابن أبي شيبة. (5/322) : Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytadi :"Biringizning birodariga “Jazaakallohu xoyroo” deyishida qanchalar (yaxshilik, barakot) borligini bilganingizda edi, bir biringizga aytishni ko‘paytirgan bo‘lardingiz".Musannaf ibn Abi Shayba. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 04:06 | Savol-javoblar | 172 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar