Exson yoki sadaqa

Assalomu alaykum! Bir ayolni eri bo‘laturib, bola chaqasi ayoliga e’tibor bermay ro‘zg‘or qilmay ko‘chadan kelmasa, u ayolga yordam bersak yoki moliyaviy tarafdan yoki uy ro‘zg‘orini qilib bersak bu sadaqaga kiradimi yoki exsongami yoki boshida eri bo‘lgani uchun shunchaki yaxshilik xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima niyatda qilsangiz shunga o‘tadi. Boshidagi eriga ham kattalar nasihat qilsin, oilani nafaqasini qilish unga farz ekanini tushuntirish lozim. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar