Yashashdan maqsad
Assalomu alaykum! Har bir bandani bu dunyoda qiladigan vazifasi bor deb tushunaman. Alloh meni xam bejizga yaratmagan. Allohga ibodat kilish va farz, vojib va sunnat ammalarni kilish tushunarli. Bitta tanishim 4 yil universitetda o‘qib. Shu soxa bo‘yicha bormadi va madrasaga topshirdi. O‘zi universitetda bilardim uni dinga bo‘lgan qiziqishi borligini. Lekin qarang 4 yil umri o‘tdi. Kimgadir taqlid qilib biz xam biron soxani tanlaymiz lekin oxirida tushunamiz bu bizniki emasligini. Chunki xozirda qarasam ko‘p xollarda unisiga foydam tegsa u o‘z tomoniga tortadi, bunisiga foyda olib kelsam bunisi o‘z tomoniga tortadi. Uyda ota-ona o‘zini xoxishini aytadi, bolam falon kishi bo‘lishing kerak va xokazo. Lekin xech kim meni iqtidorim bilan ishi yo‘q. Shunga men anglamoqchi man, meni bu xayotda nima uchun yaralganman, dunyoda asosiy maqsadimni qanday bilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohga ibodat qilish, Uning roziligini topish asosiy maqsad. Qolgan hamma ishlar shuning atrofida aylanadi. Siz nima ish qilishingiz muhim emas, uni qanday qilishingiz muhim. Allohni rozi qiladigan holatda qiladigan har qanday ishingiz hayotingizdagi maqsad bo‘lishi mumkin. Alloh bergan iste’dodingizni ham hisobga oling. Ota-onangiz bilan ham bu mavzuda maslahatlashib, istaklaringizni bayon qiling. Allohdan duo qilib xayrlisini so‘rang. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar