Ro‘zador bilmasdan biron narsa eb qo‘ysa

Assalomu alaykum! Ro‘za tutganda bilmasdan esidan chiqarib narsa eb qo‘ysa nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Birov avval esida yo‘q holda taom egan yoki jinsiy yaqinlik qilgan bo‘lsa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo hukmni bilmay, bo‘lar ish bo‘ldi, deb keyin yana taom esa yoki jinsiy yaqinlik qilsa, qazo ro‘za tutib berishi lozim bo‘ladi.
Ro‘zadorligi esidan chiqib eb-ichib yoki jinsiy yaqinlik qilib qo‘ysa, ro‘zasi ochilmaydi. Ammo esiga tushishi bilan darhol mazkur ishlarni to‘xtatishi shart. Jinsiy yaqinlik qilayotgan kishi ro‘zadorligini eslashi bilan ajrashi kerak. Agar undan keyin ham turib qolsa, ro‘zasi buziladi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 203 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar