Vitr namoz

Assalom alaykum! Hurmatli ustozlar, ukam bilan namoz o‘qiymiz. Ukam namozni endi boshlagani uchun qunut duosini yodlab olganicha yo‘q. Shuning uchun vitr namozini jamoat bo‘lib o‘qisak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ramazon oyidan boshqa vaqt vitr alohida o‘qiladi. Qunut duosini bilmagan odam to‘liq yodlaguncha, yodlaganchasini o‘qib ruku’ga ketaveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar