Din haqidagi tushuncha
Assalomu alaykum! Uztoz man talabaman 24 yoshman. Hozirda kvartirada qizlar bilar birga yashaymiz. 2ta sherigimning ham dinimz haqidagi tushunchalari umuman boshqacha. Masalan, hijob oraydiganlarni korsam chochib tushaman. Kim qanday yashasa yashasin, imom domlalar unaqa bunaqa dayus didi osharni ozi balki dozaxga tushar, ertaga nima bolishini hechkim bilmaydi, man oxiratda kozimni tikka yumib ketaveraman shunga oxshash gaplar. Ularga diniy suhbatlar unchalik yoqmaydi. Ular bilan tortishib qolmaslik un harakat qilyapman. Shunday holatlarda qanday yol tutay, qiyin vaziyatdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson qaysi ilmni ham bo‘lsa to‘g‘ri o‘zlashtirsa u Alloh borligiyu va uning dini haq ekanini anglaydi shu bilan birga bu haq dinning ta’limotlari insonga faqat va faqat foyda keltirishini tushinib etadi, hozirda hamma sohada tarozu buzilib insonlar fikrlashi adashgan taraflarga kirib ketgan, siz ularni olayotgan ilmlaringiz orqali mantiqiy to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish bilan dinga qiziqtiring, usha mantiqiy to‘g‘ri masalaga diniy ilmingiz bo‘lsa dindan misol keltirsangiz ham bo‘ladi.
Birovni aniq xatosini bilmay uni ayblash katta gunoh va madaniyatsizlik. Alloh hakim zot, bandani yaratib tikka ko‘r bo‘lib yashayver keyin jannat yoki do‘zaxga kirasan deyishdan pok zot. Alloh insof bersin. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 172 | Islam