Umr yo‘ldoshim musulmon emas

Assalomu alaykum! Turmushga chiqishimdan oldin bir nechtasi bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni musulmon emas deb aytishgandi. O‘zidan so‘raganimda mujmal javob berib, bu gaplarni inkor qilganga o‘xshagandi. O‘zi juda xam insofli, ichmaydi, chekmaydi, to‘g‘riso‘z va xech kimga bildirmay yaxshilik qiladi. Lekin so‘rasam, "Xudo bor, lekin Alloh emas" deydi. Juda ko‘p chet el kitoblarini o‘qib shu qarorga kelganmi deb siqilaman. O‘zim namoz, Qur’on o‘qiyman. Ularni to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilyabman, faqat iymonsiz bu dunyodan ketib qolishidan, men esa buni bila turib yashab gunoxkor bo‘lishdan qo‘rqaman. Orada farzandlarimiz bor, ajrashay desam bollarni o‘ylayabman. Shu paytgacha kutdim, Allohdan so‘rayabman. O‘zlari xech qachon namoz, Qur’on o‘qishimga qarshilik qilib yoki xalaqit qilmaganlar. O‘zingiz nima to‘g‘ri deb bilsangiz shuni qiling deydi. Iltimos, ayting, yashab gunoxga botyabmanmi? Da’vat qilib yashayversam bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar iymon keltirmasa iymon keltirish shart bo‘lganlarni tan olmasa o‘rtada nikohingiz bo‘lmaydi. Bu sizni imtihoningiz. Siz iymon va islom haqida yaxshi gapirib, tushuntiring. عَنْ عَائِشَةَ، قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، ابْنُ جُدْعَانَ، كَانَ فِي الْجَاهِلِيَّةِ يَصِلُ الرَّحِمَ، وَيُطْعِمُ الْمِسْكِينَ، فَهَلْ ذَاكَ نَافِعُهُ؟ قَالَ: لَا يَنْفَعُهُ؛ إِنَّهُ لَمْ يَقُلْ يَوْمًا: رَبِّ اغْفِرْ لِي خَطِيئَتِي يَوْمَ الدِّينِ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Ey Allohning Rasuli, Ibn Jud’on johiliyatda ham silai rahm qilar, miskinga taom berar edi, mana shular unga (oxiratda) foyda beradimi?» deganimda, u zot: «Foyda bermaydi, chunki u biror kun ham «Robbim, qiyomat kuni xatolarimni kechirgin», deb aytmagan», dedilar». Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:46 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar