Muhim maslahat

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, agar har kuni bir poradan Quroni karim eshitib, har oyda xatim qilishni o‘zimga umrimni ohirigacha odat qilib olsam. Quron o‘qib xatim qilgan odam savobini olamanmi yoki eshitib xatim qilgannimi? 2). Ustozlar, bizni bozorda har yiliga muchalga oid tovarlar sotiladi. Masalan ot yili bo‘lsa otni rasimi chizilgan sochiqlar, futbolkalar sotiladi. Bu yil cho‘chqa yili ekan. Cho‘chqa rasimi tushurilgan maxsulot sotish mumkinmi? Ehtiyot yuzasidan so‘ralyabdi xarom aralashib qolmasligi uchun. Shuni bir tanishim so‘rab berishimni iltimos qildi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Eshitib xatm qilgan. 2). Mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 145 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar