Oyatni tarjimasini aytishda adashib ketsa

Assalomu alaykum! Agar Qur’onda biron kimsaga bir nechta oyat keltirib birinchi arabchasini aytib so‘ngra tarjimasini aytsa va tarjima qilganida oyatlar orasida 1 tasini noto‘g‘ri tarjima qilgan bo‘lsa va bu tarima qilgani noto‘g‘riligini keyn anglab etsa kitobdan ko‘rib va shu noto‘g‘ri tarjima qilganigini bilsa va tasdiqlasa buning xukmi qanday, kufrga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmasdan aytsa, kufr deyilmaydi. Shuning uchun bu kabi masalalarda yaxshi bilmagan narsasini gapirmaslik kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 155 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar