Ko‘pchilik bo‘la turib alohida namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Biz yotoqhonada 4 kishi turamiz ichimizda namoz o‘qishni boshlaganlar eng kamida 2 yildan beri o‘qiydi. Bizga bir akamiz bizda tajvid yo‘q biz namozni buzib qo‘yishimiz mumkin jamoatning gunohi Imomning bo‘yniga tushadi degan edi shundan beri bitta honada 4 kishi alohida namoz o‘qiymiz. Shu ishimiz qay darajada to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jamoatning savobidan bebahra bo‘lasiz. Tajvidni va namoz qoidalarini yaxshi biladiganingiz imomlikka o‘tsin. Unday kishi yo‘q bo‘lsa tezda o‘rganib olinglar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar