Xazillashib turmushga chiqishga roziman desa

Assalomu alaykum! Bir tanishim (qiz bola) qarindoshi to‘yida viktorinaga chiqibdi. Tamada viktorinaga chiqqan yigitlarga qizlarni qo‘lini so‘rashini aytibdi. Viktorina shartiga ko‘ra qizlar ha roziman deb javob berishi kerak ekan. Shunda meni tanishim buni bari o‘yin deb o‘ylab bir yigitga Ha roziman debdi. Ya’ni hammasini hazil o‘yin deb qabul qilgan. Endi u turmushga chiqishi uchun o‘sha yigitdan taloq olishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha gaplar aytilganda erkaklardan guvohlar bo‘lgan bo‘lsa nikoh bog‘langan. Endi o‘sha tanishingiz boshqaga turmushga chiqishi uchun taloq olishi kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 171 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar