Vasvasam
Assalomu alaykum! 1). Ommaviy tualetda paqir shaklidagi usti ochiq kichik idish bor bu idishdan odamlar hojatdan so‘ng avratini poklaydi. Bu idish pok yoki nopokligi noma’lum bo‘lgani uchun men bu idishdan mutlaqo poklanmayman shu idishga jumrakdan suv olayotganimda napor kuchliligadan, qo‘lim va engimga ko‘rinar ko‘rinmas suv tomchilari sachradi. So‘ngra tuvaletdan chiqib qo‘limni yuvib, ho‘l qo‘lim bilan o‘sha suv sachragan joyni ushlab engimni shimardim. Ichiga namlik o‘tdi. Tahorat qilib artinganimdan so‘ng poklandimmi poklanmadimmi degan o‘y paydo bo‘lib qoldi. Qalbimdan hotirjamlik yo‘qoldi. Bu holatda idish najosatligini aniq bo‘lmagani uchun menga najas tekkan deyilmaydimi? 2) Odamlar bilan safda namoz o‘qiyotganda ko‘p holatda bir birimizga tegib namoz o‘qiymiz, bu holatda yonimdagi odamni kiyimi nopokmasmikin degan hayollar ko‘p kelishi shaytoniy vas-vasami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aniq dalil bo‘lmasa, u buyumni najas deya olmaysiz.2). Mo‘min haqida yaxshi gumonda bo‘ling. Vasvasaga berilmang. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 04:24 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar