Jamoat, qazo,
Assalomu alaykum! Vitr namozini ham jamoat qilib o‘qiladimi? Men xotinim bilan namozlarni jamoat bo‘lib o‘qiyapmiz, men imom bo‘lib xotinim orqamda iqtido qilib o‘qiyapdi. Biz har namozni faqat farzlarini jamoat qilib sunnatlarini esa odatdagidek birga o‘qiyapmiz shu to‘g‘rimi? Bir safar uxlab qoldik va bamdotni qazo qilib qo‘ydik qazoni ham jamoat qilib o‘qiymizmi? Biz jamoat bo‘lib shunday o‘qiyapmiz: men doimgidek o‘qiyman xotinim sano duosini, robbana lakal hamdni, attaxiyot, salovot, duoni va salomni aytayapdi shu to‘g‘rimi, jamoat bo‘lib o‘qish qoidalari doim shunday bo‘ladimi? Namozlarni ovoz chiqarib o‘qiladiganlari va chiqarmaydiganlari bormi, ovoz chiqaradiganlari faqat farzlardami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz imkon bo‘lsa, masjidga chiqib jamoat bilan o‘qing. Vitr namozi faqat ramazon oyida jamoat bo‘lib o‘qilinadi. To‘g‘ri, jamoat bo‘lib o‘qish faqat farz namozlarida bo‘ladi. Bir namozni qoldirilgan kishilar o‘sha namozni jamoat bo‘lib o‘qish joiz. Masalan bamdodni qazo qilganlar, aynan o‘sha namozni jamoat bo‘lib o‘qishlari joiz. Ayolingiz Qur’on tilovati ya’ni fotiha va zam suradan boshqa hamma amallarni qilishi kerak. Jamoat bo‘lib o‘qish qoidalari har doim bir xil bo‘ladi. Farz namozlar jamoat bo‘lib o‘qiladi. Bomdod, shom va xufton namozlarida imom ovozini chiqarib tilovat qiladi. Peshin va asrda maxfiy qiroat qiladi. Siz namoz haqidagi “Mo‘minning me’roji” kitobini olib o‘qing. O‘sha kitobda namozni sifati va ahkomlari to‘liq bayon qilingan. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar