Qarzni uzishda so‘m yoki dollarga chaqish

Assalomu alaykum! Ustoz nasiya savdo qilaman bazida savob umidida imkonim boricha qarz beraman lekin hardoim ham qarz berganimda guvoh oldida berolmiman savolim 1- nasiya savdo qilganimda tavar narhini dollarda etganman uni uzish vaqtida so‘m opkelsa o‘sha ovotgan kunimdi kurs bo‘yicha hisoblab olsam bo‘ladimi? 2-qarzni uzishdayam so‘m olib dollar bersa uzilvotgan kundigi kursga ursa ribo bo‘pqomidimi? 3-agar qarz bervotganimda kishiga ishonib hat hujatsiz, guvohsiz bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oldindan shartlashib olinsa, joiz emas. Agar qarzini to‘lash vaqtida boshqa pul birligida bersa, olish ixtiyorli.2).  Qarzdor qarzini ado etish vaqtida boshqa pul birligida bersa, haqdor rozi bo‘lsa, joiz.3).  Bo‘ladi. Lekin keyin afsus qilishi mumkin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar