Joniga qasd qilganning haqiga duo qilish

Assalomu alaykum! Xo‘jayinim yoshligimda o‘tib qolganlar, to‘rt nafar farzandim bor, judayam mexr ko‘rsatib yashashni xoxlaganman, lekin umrlari chetlarda ishlash bilan o‘tgan va o‘z jonlariga qasd qilganlar. Savolim: xo‘jayinim xaqlariga nomozdan keyin duo qilganimda joylari jannatda bo‘lishini so‘rasam bo‘ladimi? Judayam nomozxon, taqvoli xayoli inson uchrashini Allohdan so‘rayman va o‘zim xam o‘ranishni xoxliyman. Yopiq kiyinaman, lekin boshimga ro‘mol tushmagan, sochimni yig‘ib yuraman, axloqim yaxshi, rosa ibosiz xayosiz bo‘lishlikni qoralayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Turmush o‘rtog‘ingizni haqqiga yaxshi duolar qilishingiz va Allohni rahmatini so‘rashingiz joiz. Siz o‘ranishni xohlayman deb yurmasdan farz amalni darhol bajarishni boshlang va ro‘mol o‘rab boshingizni yoping. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar