qatron

Assalomu alaykum! Ma’lumki cho‘chqa go‘shti pishirilgan idishlar qatron qilish orqali toza bo‘ladi. Qanday so‘yilgani nomalum bo‘lgan xayvonlar pishirilgan idishlar xukmi xam shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Idishlar ikki qismga bo‘linadi. Avvalgi zamondagidek yog‘och, sirlanmagan yoki siri ko‘chgan sopol idishlar. Ularga najosat tushsa qatron(yuvib, to‘ntarilib bir tomchi ham suvi qolmagunicha kutish va buni uch bor takrorlash) orqali pokiza bo‘ladi. Ikkinchi qism idishlar hozirgi kundagi sirli, shisha va palastmassadan qilingan, temir va mis kabi materiallardan qilingan idishlar. Bularni qatron qilishga hojat yo‘q. yog‘lamasi ketgunicha uch bor yuvish bilan toza bo‘ladi. Obdastalarga ham najosat tushsa qatron qilishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 131 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar