Fitnes zaliga xizmat

Assalomu alaykum! Men 1-marotaba savol yo‘llayabman savol berishdagi xato va kamchiliklarim uchun oldindan uzur so‘rayman. Biz bir jamoa bo‘lib ishlaymiz bizga fitnes zalining kirish chiqish tizimini dasturlab berish buyrutmasi tushdi. Biz borib u joyni ko‘rganimizda ayollar va erkaklar 1ta joyda shug‘ullanishar ekan. Oldinlari bu tizimni faqat maktab,litsey ko‘llejlarga,universitetlarga o‘rnatar edik ammo ularning kiyimi va u joyda qiladigan ishlari tubdan farq qiladi. Biz nima qilaylik?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islomda, “Dinda yaxshilikda hamkor bo‘linglar, yomonlik va gunohda hamkor bo‘lmanglar” degan qoida aytilgan. Har bir inson o‘z ishini shunga solib ko‘rishi kerak. Ishlab chiqariladigan narsalar uch turga bo‘linadi. Faqat gunoh uchun ishlab chiqariladiganlar, faqat yaxshilik uchun ishlab chiqariladiganlar va umumiy maqsadda ishlab chiqariladiganlar. Ammo kimdir ularni yaxshi maqsadda va kimdir uni yomon maqsadda ishlatadi. Masalan oddiy pichoq. Kimdir undan oshxonalarda yaxshi ishlarga foydalanadi. Kimdir u bilan jinoyat sodir qiladi. Hozirgi kundagi telefon, radio, internet kabilar ham xuddi shunday. Sizni narsangizni ham kimlardir yaxshi maqsadda va kimlardir yomon maqsadda ham foydalanadigan bo‘lib, yuqoridagiga tushsa qilish joiz. Yomon maqsadda foydalanishini ochiq-oydin aytsa unga bu narsani qilib berishingiz joiz emas. Bu xuddi bilib turib qotilga pichoq yasab bergandek bo‘ladi.
 Imkon bo‘lsa usha joyning egasiga ayollarga alohida erkaklarga alohida vaqt qilib belgilab qo‘ying deb chiroyli nasihat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:08 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar