Hayvonlarni og‘riqsiz so‘yish

Assalomu alaykum! Hayvonlarni, masalan ho‘kizni maxsus preparatlar bilan chuqur uyquga ketkazib, keyin uni so‘yish mumkinmi? Ya’ni, hayvon chuqur uyquda bo‘ladi, biroq, tirik bo‘ladi. Shunday holatda uni so‘ysa halol bo‘ladimi? Bu savoldan maqsad shuki, hayvon suyishda og‘riqni sezmasligini ta’minlash. 2. Savol shuki parranda yoki hayvonni gilotina usulida so‘ysa, ya’ni uni halqumidan bug‘izlamasdan, birdan tezlik bilan boshini olib tashlasa, ushbu holatga shariatni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Jonivorni xushidan ketkazib keyin so‘yish joiz emas. Siz 1400 yildan beri musulmonlar so‘yib kelayotgan uslubda so‘ying.2). Tig‘ bilan so‘yish shart. Qo‘l yoki boshqa narsa bilan uzib tashlasa harom o‘lgan hisoblanadi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar