"Mukammal saodat yo‘li" kitobi tarjimasi

Alhamdulillahi robbil ’alamiyn, vassolatu vassalamu ’ala xoyri xolqihi Muhammad va ’ala alihi va ashabihi ajma’iyn Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, aziz ustoz. Ustoz, men Moskvada yashayapman, bu shaharda dinini baholi-qudrat o‘rganib, unga amal qilib kelayotgan ko‘pgina musulmonlar bor, alhamdulillah! Ammo, shu bilan birga, o‘zini musulmon sanab, musulmonlikka, islomga umuman yot bo‘lgan, balki musulmon degan nomga dog‘ bo‘lib tushadigan ishlarni qilib yurganlar ham yo‘q emas. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganim, "Mukammal saodat yo‘li" nomli kitobingizni rus tiliga tarjima qilish rejangizda bormi? Agar ushbu kitobingiz rus tilida ham nashrdan chiqsa, Allohdan ularga hidoyat umid qilib sovg‘a qilish niyatimiz bor edi. Sizga so‘raganingizdan ham afzalini berishini Allohdan so‘rab, g‘oyibona shogirdingiz Dilshod. Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hozircha mazkur kitobni rus tiliga tarjima qilish rejasi yo‘q. Ammo boshqa bir qancha kitoblarimiz chiqdi. O‘shalardan sovg‘a qilinglar. Siz aytgan kitobni tarjima qilishga navbat ham kelib qolar.

3 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 195 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar