Pochta xizmati

Assalomu alaykum! Men Amerika-O‘zbekiston pochtasida operator bo‘lib ishlayman. Bizga mijozlar pochtada nima jo‘natishayotganini oldindan aytib qo‘yishadi. Ba’zan alkogol qo‘shilgan shokolad, yoki yana boshqa xarom qilingan mahsulotlar borligini aytishadi. Bunday jo‘natmalar umumiy jo‘natmalarning 1/10 qismidan ham kamroq, lekin baribir bor. Bundan tashqari ba’zi turdagi buyumlarga sug‘urta qilamiz (qiymatdan 10% ko‘proq xaq olib, zarar etsa to‘laligicha qoplab beramiz, etmasa pul bizda qoladi). Sug‘urta ham kamdan kam qilinadi. Meni shu narsalarga ko‘nglim biroz g‘ash, olgan oyligim halolmi? Oyligimdan bir qismini ishimning shu joylari uchun deb sadaqa bersam yoki yana boshqa narsa qilsam bo‘ladimi? Yoki ishlashim joiz emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsa ekanligini bilib turib olishingiz joiz emas. Agar bevosita shunday narsalarni olmasangiz ishlashingiz joiz. Sug‘urta masalasi ham shariatda joiz emas. Bizning tushunishimizcha bu sug‘urta ixtiyoriy ekan. Bu turdagi sug‘urtaga ruxsat yo‘q. Sug‘urta majburiy bo‘lsa, zarurat yuzasidan ruxsat bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar