Sug‘urtadan foydalanish

Assalamu alaykum! Sug‘urta kompaniyasi bilan hayotni sug‘urta qilish shartnomasi tuzib, har oylik maoshimning bir qismini ushbu kompaniyaga o‘tkazib tursam, mening shu o‘tkazgan oylik maoshim daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu narsa soliq kodeksida rasman ko‘rsatilgan. Ya’ni, men ushbu sug‘urta xizmatidan hayotimni sug‘urta qilish uchun emas, balki davlat bergan soliq imtiyozidan foydalanish va oylik maoshimni jamg‘arish maqsadida qilayapman(niyatim imtiyozdan foydalanish va oyligimni jamg‘arish). Shu maqsadda ushbu sug‘urta turidan foydalansa bo‘ladimi? Shu masalaga shar’iy oydinlik kiritib bersangizlar.
Ikkinchi masala: Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin, men sug‘urta kompaniyasidan jamg‘arilgan pulimni olaman. Sug‘urta kompaniyasi menga, o‘zimni pulimga qo‘shimcha bonus sifatida ozgina pul qo‘shib beradi. Buning hukmi qanday bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki savolingizga javob shuki, siz sug‘urtaga o‘tkazgan pullar qarz hisoblanib, shariatimizda qarz ustiga ustama olish ribo hisoblanadi. Olish vaqtida, o‘tkazgan pulingizdan ortiqchasini olish joiz emas. Vallohu a’lam.

1 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar