O‘qish va kredit

Assalomu alaykum! Men universitetni Sana’tshunoslik fakultetida 1-kursni kontrakt asosida o‘qib tugatdim. 2-kursni boshqa fakultetda davom ettirmoqchiman. Ichki perevod uchun ariza topshirganman, ichki perevod noturdosh fakultetga bo‘layotganligi sababli tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lanishi xaqida xabar topdim. O‘zim firmada oylikga ishliman, o‘tgan yilgi kontrakt to‘lovini kredit olmasdan Yaratgan bergan kuch quvvat bilan amalga oshirdik. Agar perevod amalga oshishiga ruxsat berilsa tabaqalashtirilgan kontrakt miqdori minimal kontraktning 8 baravaridan 10 baravarigacha ya’ni 40-70 mln atrofida bo‘lishi mumkin. Ushbu summani to‘lashga menda oila a’zolarimda sharoit yo‘q. Ushbu xolatda kredit olib to‘lovni amalga oshirsam gunox qilib qo‘ymaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz qodir bo‘lguningizcha eski joyingizda o‘qib turing, ammo jonli narsalarni chizmang. Bu sizni sinovingiz, kredit olib bu masalani echimi emas. Bu qaytaga botqoqqa botish hisoblanadi. Riboning gunoh juda og‘ir. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar