Taloq olmagandim

Assalomu alaykum! Biz 6 yil oldin 1-turmushim bilan ajrashib ketganmiz 3 yildan keyin sudimiz bo‘lib u xam oila qurgan men xam. Xozirda uni xam farzandlari, mening xam boshqa turmushimdan farzanlarim bor. Shu paytgacha biron marta gaplashmaganmiz o‘rtamiz tinchlik yo‘li bilan ochilib ketgan. Men boshqa turmush qilishim uchun turmush o‘rtoqimdan taloq olishim kerakmidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta taloq olishingiz kerak edi. Agar holat ayni siz yozgandek bo‘lsa, sud vaqtida yoki ajrashish jarayonida taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan biror so‘z aytilgan bo‘lsa siz hali ham birinchi eringizning nikohida bo‘lmaysiz. Aksi bo‘lsa, keyingi o‘qilgan nikoh bog‘lanmagan va hayotingiz zinoda o‘tgan. Siz avvalgi eringizdan taloq olishingiz va iddangizni to‘la o‘tirishingiz shart. Keyin hozirgi "erim" deb hisoblayotgan odamga nikohlanishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar