Qurilishdan topilgan pul halolmi

Assalomu alaykum! Do‘stimni savoli bor edi: Qurilishda davlat tomonidan bino qurish uchun tender e’lon qilinadi, biz tenderga qatnashish uchun sarflanadigan sarf xarajatlar materiallar narxi, ish haqi, smeta xujjatlarini tayyorlaymiz, tenderda yutib chiqsak sarf xarajatlarga ketadigan mablag‘dan arzonroqqa uyni qurib bitkazishadi, masalan bino uchun 600 000 000 ketadi deb sarf xarajatlar smeta xujjatlarini tayyorlasak, binoni 520 000 000 so‘mga qursa, qolgan 80 000 000 so‘m quruvchiga halolmi? smeta hujjatlarda ish haqi 1m2 uchun 15 000 bersak, quruvchi arzonroqqa gaplashadi 1 m2 uchun 11 000 so‘mdan beraman deb yoki qurilish uchun sement 800 so‘mdan olinadi desak sementni 700 so‘mdan olsa bo‘ladi, qolgan materiallarda xam shu ahvol. ba’zida sarf xarajatlar narx navo ko‘tarilishini xisobiga quruvchi xam ziyon ko‘rishi xam mumkin. lekin quruvchiga binoni qurib bergani uchun alohida mehnat xaqqini beriladi. bu 80 000 000 so‘m materiallardan va ish haqlaridan ortib qoladi bu pul halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyning sifati smetada kelishilgan narxga loyiq bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar