Do‘stlarim bilan bog‘liq
Assalomu alaykum! Do‘stlarimdan biri tong nomozini o‘qishini eshittim va oradan ko‘b vaqt o‘tmastan turib uni spirtli maxsulotlardan biri pivo ichayotkaniga guvox bo‘ldim o‘zim oldinlari ichardim xozirda umuman ichmayman va ichkan odamni yoqtirmayman o‘zidan so‘radim sen tong namoz o‘kirding nega ichayabsan desam u “bu xalol, lekin kayfi xarom” deb javob berdi. Birovni urmasam va birovni xotini yoki ko‘cha ko‘ydagi qizlarga bormayabman, to‘g‘ri uyimga boraman deb javob berdi. Men sog‘ligim yaxshi Allohga shukir grijam bor 3.8 mm lekin ramozon oylarida nafsim sabab ro‘za tuta olmayman lekin ko‘chada muxtoj odamlani ko‘rsam u bu eb icharini olib beraman xar yili qozog‘istonda yuraman. Yonimda oshiqcha pulim bo‘lmasa xam oberib ketaman va masjidlardan namoz o‘qishvotkan ovozi eshitsam yuragim boshqacha bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozlarni vaqtida o‘qing. Allohning harom qilgan narsasini inson o‘zi halol deyish juda og‘ir gap. Ulamolar buni kufr bo‘ladi deganlar. Nima sabab ro‘za tuta olmasligingizni aniq anglamadik. “Nafsingiz” deb taxmin qildik. Namoz, Ramazon ro‘zasi farz amallar hisoblanadi. Namozni har qanday holatda ham o‘qishingiz kerak bo‘ladi, uni o‘qimaslikka hech narsa bahona bo‘la olmaydi. Masjiddan kelgan namoz ovoziga yuragingiz boshqacha bo‘lishi, sizning zimmangizdan namozni soqit qilmaydi. Sog‘ligi ko‘targan, musofir bo‘lmagan kishi ro‘za tutmasa gunohkor bo‘ladi. Muhtojlarga bergan yordamingiz ham ro‘za va namozlardan sizdan soqit qilmaydi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 06:24 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom