Savdoda qaytim qolib ketsa

Assalomu alaykum! Ishim savdo bilan bog‘liq. Savdo qilganimizda mijozdan pulni olgandan keyin qaytim berish uchun mayda pul bo‘maganida bazida tashqaridan maydalashga chiqib ketganimda bazi mijozla qaytimni kutmasdan ketip qoladi. Bazida roziman dep ketishadi. Bazilari esa o‘zi kelmasdan ustaga pulni berip o‘zila opkelila dep o‘zi kemidi. Bozorga ustalayam birovni pulini berip rozimiz dep ketishadi. Shu qolgan pulla bizaga xarom bo‘p qoladimi shunda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida ular rozi bo‘lsa, siz olgan narsa harom bo‘lmaydi. Lekin sharoitdan tufayli rozi bo‘lish bilan o‘zi rozi bo‘lishning farqi bor. Musulmon odam zakiy bo‘lishi kerak. Oldindan qaytimlarni tayyorlab qo‘yishi kerak, bu juda qiyin emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar