Tadbirkorlikdagi jarayon

Assalomu alaykum! Men kichkina bosmaxona faoliyatini yuritaman, bosma texnikam kam. Kottaroq buyurtmalar bo‘p qoladi, shularga kotta texnika kerak, jarayoni ham ko‘proq, shunaqa buyurtmalarni boshqa kotta bosmaxonada bostirib kichkina o‘zim qila oladigan jarayonlarini o‘zim qilib topshirsam bo‘ladimi? Oxirida sifati o‘zimni bo‘ynimda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu shartnomaga bog‘liq. Ishni aynan o‘zingiz bajarishingiz shart qilingan bo‘lsa uni boshqaga bitirtirishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:16 | Savol-javoblar | 164 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar