Musofirning yo‘ldagi ro‘zasi
Assalomu alaykum! Barchaga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Sizlarga katta tashakkur aytaman avvalgi savollarimga sizdan va izlash xizmatidan to‘la javob oldim. Bu gal musofirning yo‘ldagi ro‘zasi haqida so‘ramoqchi edim. Izlash xizmatida o‘xshash savol bor ekan. Lekin aynan emas. Xulosa chiqarishga qiynaldim. Savolimga shundan iboratki, 1) bir odam 1 oylik safarda bo‘lganda Ramazon oyi boshlansa muqim xukmida bo‘lganligi uchun ro‘zani tutadi. O‘zining asliy uyiga qaytayotgan kuni yo‘lda ro‘zasini tutadimi yoki yo‘l mashaqqatini hisobga olib ro‘zani qoldirib bir kuniga bir kututadimi? 2). O‘xshash savollarda agar imkoniyati bo‘lsa ro‘zani tutgan yaxshi degan ma’nodagi javoblarni o‘qidim. Safarda imkoniyati bo‘lsa ham namozni qasr o‘qilishi to‘g‘risida o‘qigandim. Ro‘za tutish masalasida bunday emasmi? Javoblaringiz uchun avvaldan rahmat. Savollar takroriy bo‘lsa yana bir bor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). O‘sha kuni ham ro‘zani tutadi, agar qiyinchilik tug‘ilsa yo‘lda musofir bo‘lgani uchun ochishga ruxsat beriladi. Qiyinchilik bo‘lmasa oxiriga etkazadi. 2). Ro‘za tutish masalasi ham shunday, lekin bir joyda 15 kecha-kunduz turishni niyat qilgan kishi shar’iy musofirdan chiqib, muqimga aylanadi va musofirga beriladigan ruxsatlar undan ko‘tariladi. Shar’iy musofir bo‘lsa tutish tutmaslik ixtiyori bor. Ammo qazosini tutishi shart bo‘ladi. Namoz bir kunda 5 mahal takrorlangani, ro‘za esa bir yilda 30 kungina bo‘lgani uchun hayz-nifos ko‘radigan ayollarga ham u kunlardagi namozlarning qazosi o‘qilmasligi, ro‘zaning qazosini tutib berishlari farz qilingan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:30 | Savol-javoblar | 140 | Ro‘za