Payg‘ambarimizga ikki marotaba qaynona bo‘lgan ayol

Assalomu alaykum! Ustozlar, sizlardan iltimos, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ikki marotaba qaynona bo‘lgan ayol haqida ma’lumot bersangizlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ikki marotaba qaynona bo‘lgan bu ayolning ismi-sharifi Hind binti Avf Himyariya bo‘lib, Payg‘ambarimiz uning ikki nafar qizi: Zaynab binti Xuzayma bilan Maymuna binti Horis roziyallohu anhumolarga uylanganlar. Ya’ni, Zaynab binti Xuzayma onamiz vafot etganidan uch yil o‘tib, Maymuna onamizga uylanadilar. Ma’lumki, Zaynab binti Xuzayma va Maymuna binti Horis roziyallohu anhumolar ona bir, ota boshqa opa-singillar bo‘lishgan. Zaynab binti Xuzayma roziyallohu anhoning otasi Xuzayma ibn Horis ibn Abdulloh Hiloliy. Maymuna binti Horis roziyallohu anhoning otasi Horis ibn Hazn Hiloliy. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 10:57 | Savol-javoblar | 172 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar