Vasvasa taloq
Assalomu alaykum! Men uylanganimga 3 oy buldi. Yaqinda internetda taloq mavzusini o‘qib qoldim va taloq meni miyamga o‘tirib qoldi. Har xil vasvasalar meni qiyanayapti. Men ayolimni ayolim esa meni yaxshi ko‘radi. Menda taloq niyati umuman yo‘k. Ko‘p hollarda ayolim bilan gap tortishib qolaman va urishib kolaman, lekin 1 soatga bormay yarashib olamiz va ko‘p hollarda ayolim uyimga ketaman deydi, men esa unga xazillashib uyinda nima bor pishirib qo‘yibtimi deb ketsang ketaver so‘zlarini ishlatmaslikka xarakat kilaman, ammo bir kuni ayolim shunday deganda men mayli ketsang ketaver dedim. Lekin menda taloqqa niyat yo‘k, ammo ichimda kandaydir vasvasa bo‘lib shu so‘zni taloq niyatida aytgansan deb meni xavotirga solyapti. Iltimos menga yordam bering, men bu vasvasadan qutila olmay kiynalib kettim. Ayolim ketaman degani bilan ketolmaydi, men ketsang ketaver deganim bilan men uni xech kaerga qo‘yib yubormayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni niyat qilmagan bo‘lsangiz taloq tushmagan. Vasvasaga berilmang. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 18:16 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni niyat qilmagan bo‘lsangiz taloq tushmagan. Vasvasaga berilmang. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 18:16 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush