Vasiyatni olmaslik

Assalomu alaykum! Buvim vafotidan oldin tilla taqinchoqlarini kelinlariga bo‘lib aytib vasiyat qilib ketganlar. Shu vasiyatni o‘z xoxishi bilan olmasdan uydagi kelinga qoldirilsa bo‘ladimi yoki olmaslikni xech kimga, vafot etgan buvimga ziyoni bo‘lmaydimi? Olmaslikning sababi uyda qolgan kelin yoqtirmayabdi olishligini.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vasiyatga amal qilish vojib. Olmasanglar merosda merosxo‘rlar orasida taqsim qilinishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:29 | Savol-javoblar | 176 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar