Imom zarnujiy

Assalomu alaykum! Imom Zarnujiy kim va u kishining ilm olish sirlari kitoblaridan foydalansa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta foydalansangiz bo‘ladi. Imom Zarnujiy rohimahulloh hanafiy olimlardan biri bo‘lib, “Hidoya” kitobining muallifi Burhoniddin Marg‘inoniyning shogirdidir. U kishining qalamiga mansub “Ta’liimul muta’allimi toriqot ta’allumi” kitobi ilm yo‘liga qadam qo‘ygan toliblar uchun juda manfaatli kitob bo‘lib, hozirga qadar ahli ilmlar orasida qo‘lma-qo‘l bo‘lib kelmoqda. Laknaviy rohimahulloh ushbu kitobning tolibi ilmlar tarbiyasiga ijobiy ta’sirini e’tirof etib “Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob”, deb tahsin aytgan. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 12:10 | Savol-javoblar | 0 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar