Nafl qazo namozlar ro‘za

Assalomu alaykum! Meni yoshim 34da, namoz o‘qishni 6 oy oldin boshladim. To‘liq bajarib kelishga harakat qilyapman. Bugungi kunlarda nafl va qazo ro‘zalar tutyapman. Nafl va qazo namozlari ham o‘qiyapman.
1- Ro‘zaga saxarlik qilish uchun turganimda, bomdod namozi vaqtidan ancha oldin turib, saxarlikdan oldin 4 rakat taxajjud namozi o‘qiyapman. Saxarlikdan keyin bomdod namozi vaqtigacha qolgan vaqtda qazo bomdod namozi ham o‘qiyapman. To‘g‘ri qilyapmanmi?
2-Muxarram oyidagi Ashuro ro‘zasi kunlaridan boshqa kunlar niyatda muxarram oyi ro‘zasi deb niyat qildim, qazo ro‘za joyiga o‘tadimi? Qazo ro‘zasi tutganda kuch etganchami yoki aniq sanoq bilan tutish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri qilyapsiz. Alloh bardavom qilsin. 2). Qazo uchun alohida qazo deb tayin qilib niyat qilish kerak. Sanog‘ini imkon qadar bilib, qolib ketmadimikin degan gumondan xalos bo‘ladigan darajada tutish kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar