Asrdan oldingi sunnat namozi
Assalomu alaykum! Asr va hufton namozidan oldin o‘qiladigan namozga nima deb niyat qilinadi? Ikki rakatdan to‘rt rakat o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafl namoz deb niyat qilinadi. Bir salom bilan to‘rt rakat o‘qiladi. Asr namozidan oldin to‘rt rakat nafl namozi o‘qilishi haqida hadisda shunday deyilgan:عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رَحِمَ اللهُ امْرَأً صَلَّى قَبْلَ الْعَصْرِ أَرْبَعًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Asrdan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qigan odamni Alloh rahm qilsin», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning gapirish ohanglarining o‘zi bu namozning ta’kidlanmagan, qo‘shimcha namoz ekanligini ko‘rsatib turibdi. Kim rag‘bat qilib, Asrdan oldingi to‘rt rak’at sunnatni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalari deb niyat qilib o‘qisa, savob oladi, Alloh taolo unga rahm qiladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 08:01 | Savol-javoblar | 323 | Ibodatlar