Mavlud o‘qitgan bo‘lamanmi?
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men uyda o‘zim mavlud kitobini o‘qib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlab, keyin 3-4ta kam ta’minlangan oilalarga ehson qilsam, mavlud o‘qitgan qatoriga kiramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz takror-takror aytamiz. Mavlud biror bir shar’iy marosim emas. Mavlud majlislarida “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tanitish vojib” degan ishga amal qilingani uchun unday majlislarni tashkil qilinadi. Allohning kitobidan boshqa biror bir kitobni o‘qib qo‘yishning o‘zi ibodat emas. Siz o‘sha o‘qigan kitobingizdagi narsalarni farzandlaringizga ta’lim bersangiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni sunnatlarini o‘rganib unga amal qilsangiz vojib ishni bajargan bo‘lasiz. Savobini xohlagan kshingizga bag‘ishlashingiz mumkin. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar