Filmi haqida
Assalomu alaykum! Qatar telekanali hamda “MBS group” tomonidan ishlangan "Umar al Hattab" filmi haqida savol bermoqchi edim. Ushbu filmni ishlagan rejissyorlar undagi barcha voqealar ishonchli dalil, manba’alarga asoslanganini va islom olamining ulamolari tomonidan ma’qullangani haqida takidlashmoqda. Ushbu filmda 4 sahobalar siymolari ham ko‘rsatilgan. Ushbu filmni ko‘rish mumkinmi? Rahmat. Alloh xayrli ishlaringizda madad bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi bir narsalarning ham foydali, ham zararli taraflari bo‘ladi. Siz aytgan filmda ham shunday. Bir tarafdan siyratni o‘rganishga yordam bersa, ikkinchi tarafdan inson xotirasiga sahobalar esga olinganda rol o‘ynagan aktyorlarning siymosi joylashib qoladi. Vaholanki aktyorlar ularning jihatlaridan mingdan birini ham ochib bera olishmaydi. Boshqa payg‘ambarlar to‘g‘risida ishlangan filmlarni esa umuman ko‘rib bo‘lmaydi. Chunki ularning ichida shikr va kufrga chaqiruvchi so‘zlar bor. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:08 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar