Ota-onamni norozi qilib qo‘ymayapmanmi?

Assalomu alaykum! 1. Men ayrim sabablarga ko‘ra ishsiz bo‘lib qoldim (so‘nggi uch oyda). Ma’lumotim oliy. Alloh nasib qilsa, 3-4 oy ichida fan nomzodi ilmiy darajasini ham olaman. Otam meni ayrim tashkilotlarda ishlashimni istaydi. U joyda ish bor. Faqat o‘sha tashkilot meni farz namozlarimni bajarishim sababli ishga olmaydi. Otam esa mening u erga kirib ishlamasligimdan norozi. Onam esa, shu yoshga kirib (32 yoshdaman) hali uy-moshina olmading. Kreditga bo‘lsa ham ol. Hamma shunday qilyapti, -deyishadi. Bu kabi mojarolar juda ko‘p kuzatiladi. Ota-onamga bu ishlarni qilolmasligimni og‘ir bosiqlik bilan aytishdan o‘zga choram yo‘q. Ba’zan, ularni ilmsizligim sabab norozi qilib qo‘ymayapmanmi degan xavotir bo‘ladi. Shu o‘rinda nima maslahat berasizlar? 2. Ilmiy ishim himoyasi o‘tkaziladigan tashkilot asosan dushanba, chorshanba va juma kuni ishlaydi. U erda o‘tkaziladigan ilmiy ish himoyalarining deyarli yarmi juma kuniga to‘g‘ri keladi. Meniki ham shu kuniga to‘g‘ri kelib qolish ehtimoli bor. Agar shunday vaziyat yuzaga kelsa, men uchun qaysi yo‘l to‘g‘ri bo‘ladi: a) Juma har qanday holda ham farz deb, uni o‘qishim; b) u erda yig‘ilgan ustozlar, katta yoshli professorlar hurmatidan dissertatsim himoyasini o‘tkazishim? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qo‘pollik qilmasdan, baxslashmasdan yaxshi qilar ekansiz. Harom bo‘gan ishlarga majburlashsa ham shu holatda turing, ammo itoat qilmang.2). Juma namozini o‘qishni Alloh farz qilgan. Boshqa kunga ko‘chirishni qattiq iltimos qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 08:34 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar